Jan Tinbergen
Jan Tinbergen (1903.12.4, Gaaga 1994, Rotterdam) — golland iqtisodchisi, hozirgi zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Niderlandiya Fanlar akademiyasi aʼzosi. 1933-yildan Rotterdamdagi Niderlandiya iqtisodiy fanlar maktabi professor, 1945—55 yillarda Markaziy rejalashtirish byurosi rahbari, 1965—70 yillarda BMTning rejalashtirish boʻyicha qoʻmitasi raisi. Ilmiy ishlari iqtisodiy siyosat nazariyasi, iqtisodiy rivojlanishni dinamik modellashtirish, "xufiya" narxlar konsepsiyasi, siklik iqtisodiy tebranishlar masalalariga bagʻishlangan. T. "kapitalistik samaradorlik" va "sotsialistik tenglik"ka asoslangan "oqilona tuzum" gʻoyasini olgʻa surgan. Asosiy asarlari: "AQShdagi iqtisodiysikllar. 1919—1939-yillar" (1939), "Iqtisodiy siyosat nazariyasi", 1952; "Rivojlanishni rejalashtirish", 1968; "Siyosat va daromadlar taqsimoti taxlili", 1975 va boshqa Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureati (1969; Ragnar Frisch bilan birga)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |